Muxtor Ashrafiy — kompozitor, dirijyor, pedagog, jamoat arbobi, O‘zbekistonning yangi madaniyatiga yo‘l ochgan kashshoflardan biri edi. Yo‘l mashaqqatli, to‘liq kuch va fidoyilikni talab qildi.
[...]
1945-yilning noyabrida esa gazetalarda Ashrafiyning Birinchi simfoniyasi amerikalik dirijyor Maks Goberman boshchiligida Nyu-Yorkda ijro etilgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bir yil o‘tgach, Amerika radioeshittirish kompaniyasi ommaviy tirajda «Qahramonlik simfoniyasi»ning plastinkasini chiqardi.
O‘zbek musiqa san’atining yangi yirik yutug‘i yuksak baholandi. 1943-yilda Muxtor Ashrafiy simfoniya yaratgani uchun Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Kompozitor mukofotning pul miqdorini havo eskadrilyasining samolyotlari va tank kolonnasini qurish fondiga berdi.
«San’at quroli bilan» bobdan
Mualiflar: Firuz Ashrafiy, Tamara Solomonova, Elena Tyomina O'zbek tiliga tarjima: Gulruh Karabayeva Muqovada Georgiy Gorinning «Muxtor Ashrafiy» portreti
Nashr etilgan sana: 2023
Muqova: qattiq Bichimi: 210×297 mm Hajmi: 208-bet ISBN 978-9943-9042-3-1